Respublikamizdagi mavjud g‘alla maydonlarida hosil o‘rib olingach, ezgu bir ishga qo‘l urildi. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ajratib berilmoqda. Bunda nafaqat yerdan unumli foydalaniladi, balki ehtiyojmand odamlar qo‘llab-quvvatlanadi, oilalarga daromad kiradi.
Hukumatning tegishli qarori bilan boshlangan ushbu ezgu ishni namanganliklar allaqachon maromiga yetkazmoqdalar. Pop tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ehtiyojmand aholiga foydalanishga berish amaliyotining hayotga tatbiq etish orqali joriy mavsumda 800 gektar maydonda 4 mingdan ortiq kam taʼminlangan oila dehqonchilik qilishi orqali daromadlarini oshiradilar. Shuningdek, yana shuncha oilaga 250 kilogramdan jami 1005 tonna bug‘doy, 20 tadan jami 80 ming 400 ta somon pressi beriladigan bo‘ldi.
Viloyatning To‘raqo‘rg‘on tumanida 5114 gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish belgilangan bo‘lib, shundan 415 gektari 2075 nafar ehtiyojmand aholiga foydalanishga beriladi. Shuningdek, shuncha oilaga 250 kilogrammdan 519 tonna bug‘doy, 42 ming dona somon o‘ramlari ajratiladi.
Namanganning Kosonsoy tumanida ham g‘alladan bo‘shagan 368 gektar yer maydoniga takroriy ekin ekish uchun aholiga ajratib berish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, ushbu mavsumda 368 gektar maydonda 1840 mingdan ortiq kam taʼminlangan oila dehqonchilik qilishi orqali daromadlarini oshiradilar. Shuningdek, yana shuncha oilaga 250 kilogrammdan 460 tonna bug‘doy, 20 tadan 36 ming 800 ta somon pressi beriladi.
Shuni alohida aytib o‘tish joiz, g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga ajratish chora-tadbirlarida tumanning barcha mahallalarini to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan, jarayonlar esa davom etmoqda.
Yer maydonlarini qabul qilib olgan fuqarolar o‘zlari hamda oilasining bandligi taʼminlanishidan, mo‘may daromad topish imkoniyati yaratilganidan mamnun bo‘lishmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: