Avvalambor, Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televidenie, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklayman.
Bugungi kun jurnalisti – ro‘y berayotgan voqyelikka teran ko‘z bilan boqib, uni o‘z hayoti va turmushi bilan chambarchas tasavvur etib fikrlaydigan jonkuyar insondir.
Jurnalistika – yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi, biznes, ilm-fan hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi bo‘g‘indir.
Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq milliy matbuotimizning zamonaviy tamoyillar va davr taqozo etgan talablar asosida tubdan yangilanishi, taraqqiy etishi uchun mustahkam huquqiy asoslar va qulay muhit yaratildi.
Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini, ularning faoliyati samaradorligini yanada oshirish, media tarmoqlarining huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangilash, texnik-texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi, nufuzini ko‘tarish, soha xodimlarining mehnatini moddiy, ma’naviy rag‘batlantirish yo‘lida katta ishlar amalga oshirildi.
Aziz do‘stlar!
Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug‘vor, jamiyat hayotida qadrlidir. Shu ma’noda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug‘lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.
Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlar ekanman, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deyman. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan to‘kin-sochinlik arimasin.
Barchangizga Vatanimiz ravnaqini, farzandlar kamolini ko‘rib yashash nasib etsin.
Aziz Voitov
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: