Bugun qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish, ilm va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda ularni sohaga tatbiq etish muhim hisoblanadi.
Joriy yilning may oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining direktori Shuhrat Azizov boshchiligidagi ushbu muassasa delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasining KOTRA xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “2023 K-Smart Farm” forumida ishtirok etdi.
Tadbir mobaynida Shuhrat Azizov KoreyaningINPRO kompaniyasi bosh menejeri Seung Hyeok, “Choi” hamda “FARMIN veritical greenhouse farm automation” kompaniyasi Prezidenti Park Tae-Yeul bilan O‘zbekistonda “aqlli” vertikal bog‘ va “aqlli” issiqxona tizimini tashkil qilish va uni amaliyotga keng joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shuningdek, mezbon mamlakatning vakili bo‘lgan “Global Technology Cooperation Center” rahbari In Bong Kim bilan uchrashuvda “aqlli” texnologiyalar bilan jihozlangan chorvachilik tarmoqlari faoliyatini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish yizasidan takliflar bildirilib, fikr-mulohazalar almashildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: