Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Afrika davlatlariga eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi “AMC Overseas FZE” kompaniyasi direktori Shuvra Chakraborti bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, eksport geografiyasi va hajmini yanada kengaytirish boyicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida Shuvra Chakraborti dunyodagi hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash aksariyat davlatlar oldidagi muhim vazifalardan biriga aylanganini ta’kidlar ekan, yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati yuqori ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan sifatli, sarhil meva-sabzavotlar va turli xil o‘simliklarning eksportini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi va ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yolga qoyish orqali mamlakatning eksport salohiyatini yanada oshirish mumkinligini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda vazir Aziz Voitov so‘nggi yillarda dunyo miqyosidagi suv yetishmovchiligi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayotgani, shu bois qishloq xojaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlar ekan, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yurtimizda qayta ishlab tayyor mahsulot holida eksportga yo‘naltirishning oziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli eksport yo‘nalishlarini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, hamkorlikni yolga qo‘yish uchun shartnoma tuzishga kelishib oldilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: