Andijon shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida besh kunlik “Digital Valley” oromgohi tashkil etildi.
Loyiha doirasida IT sohasidagi ekspertlar va mahorat ustalarining amaliy mashg‘ulotlari va rag‘batlantiruvchi ma’ruzalari yordamida talabalar bo‘lajak kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalar bilan qurollanish imkoniga ega bo‘ldilar. Maxsus tuzib chiqilgan o‘quv dasturi turli mavzular, jumladan raqamli texnologiyalarga kirish, ilovalar veb-ishlanmasi, ishlanmalar va raqamli marketingni qamrab olgan.
Oromgoh “Digital City” texnoparki, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Andijon viloyati hokimligi ko‘magida, FAO va UNFPAning “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi hududlarini rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida ochildi. Undan ko‘zlangan maqsad vazifasi chegaraoldi hududlarida yashovchi yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida transchegaraviy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Loyiha ishtirokchilari O‘zbekiston (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari), Qirg‘iziston (Botkent, Jalolobod va O‘sh viloyatlari) va Tojikiston (So‘g‘d viloyati) kelgan IT sohasida iste’dodga ega bo‘lgan 60 nafar talabadir.
FAOning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi o‘rinbosari Sherzod Umarov ta’kidlab o‘tganidek, “Mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda yoshlarimizni raqamli texnologiyalar salohiyatidan foydalanishga ilhomlantirish juda muhimdir, zero ushbu texnologiyalar dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va kelgusi avlodlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilishda asosiy o‘rin tutadi”.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: