O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Sirdaryoga tashrifi davomida Sayxunobod tumanidagi ishlar bilan ham tanishdi.
Bu yerda “Sayxunobod naslchilik chorvasi” MChJ va Xitoyning “Tyang Jing Kayting” xorijiy kompaniyasi hammuassisligida tashkil etiladigan qo‘shma korxona tomonidan “10 ming bosh chorva klasteri, sut, go‘sht, ichak va terini qayta ishlash hamda yuqori sifatli o‘g‘it ishlab chiqarish”
loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Sayxunobodda quriladigan korxona natijasida beshta loyiha ishga tushiriladi. Ularning umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil etadi. Loyiha quvvati 36 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga teng bo‘lib, uning doirasida ikki yuzta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Aytish kerakki, xorijiy investorlarning Sirdaryo viloyatiga bildirayotgan katta qiziqishi bejiz emas. Viloyat yirik qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish salohiyatiga, boy inson kapitaliga ega bo‘lishi barobarida, geografik jihatdan ham muhim joylashuvga ega. Chunonchi, Sirdaryo bir tomondan Tojikiston, boshqa tomondan Qozog‘iston bilan chegaradosh, shuningdek, vodiy hamda vohani bog‘lab turuvchi muhim logistik arteriya hamdir.
Bu esa, kelgusida qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki hamda tashqi bozorga chiqarishni osonlashtirib, eksportni keng yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: