Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi muassisligidagi “Burgʻilash xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati sug‘orish quduqlarini burg‘ilash hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradi.
Mazkur korxona Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-martdagi 155-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayogan yerlarni foydalanishga kiritish, shuningdek, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun quduqlarni burg‘ilash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgandi.
O‘tgan davr mobaynida korxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnika va texnologiyalar bilan to‘liq jihozlandi. Jumladan, “Burgʻilash xizmati” MChJ tasarrufida bugungi kunda 55 ta vertikal (tik) quduqlar burgʻilash texnikalari bo’lib, yer ostidan 800 metrgacha bo‘lgan masofadan suv chiqarish imkoniyati mavjud. Ushbu texnikalardan unumli foydalangan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun korxonada 50 dan ortiq malakali soha mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
“Burgʻilash xizmati” MCHJ kompleks xizmatlar taqdim etadi: korxona tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga quduqlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda quduqdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni tayyorlash xizmatlari koʻrsatiladi. Shuningdek, gidrogeologik ma’lumotnomalar (ko‘rsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi, yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari, loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar) olishda ko‘maklashiladi.
Shuningdek, korxona suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini, diskretli sug‘orish usulini va boshqa zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish yuzasidan ham xizmat ko‘rsatadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: