O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi davom etmoqda. Bundan biroz avval Ozarbayjon Prezidentining “Zug‘ulba” qarorgohida Davlatimiz rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Agrarko” kompaniyasi direktori Jovid Kazimov bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad o‘rmon yong‘og‘i yetishtirish va uni qayta ishlash, bog‘dorchilikni rivojlantirish tajribasi bilan tanishish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Agrarco – yuqori sifatli o‘rmon yong‘og‘i va boshqa yangi meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi gorizontal integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligi kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya 2017-yil mart oyida barqaror qishloq xo‘jaligi biznesini yaratish uchun innovatsiyalar sohasida mukammallikka ega bo‘lgan uchta ko‘p yillik qishloq xo‘jaligi kompaniyasining birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Muzokaralar chog‘ida o‘rmon yong‘og‘ini yurtimizda tajriba sifatida yetishtirib ko‘rish va uning ko‘chatlarini yetishtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, agrar soha mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish va o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladigan mutaxassislarni Ozarbayjonga yuborish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat oʻrtasida o‘rmon yong‘og‘ini yetishtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: