Davlatimiz rahbarining yirik sanoat majmualari va sport obyektlari bilan tanishish, yangi korxonalarni ishga tushirish maqsadida Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi doirasida Nurafshon shahrida “AGRO NEW DRIP” korxonasi ham o‘z ish faoliyatini boshladi.
Mazkur korxona tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish shlanglari, quvurlar va geomembranalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Bu loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 200 ming gektar yer maydoni uchun suv tejovchi uskunalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari zavodda diametri 16 – 130 mm o‘lchamdagi santexnik suv quvurlari shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimining diametri 50 mmdan 400 mmgacha bo‘lgan asosiy quvurlari ham ishlab chiqarilmoqda.
Korxona to‘liq kompyuterlashgan bo‘lib, Wi-Fi tizimi orqali avtomatik tarzda ishlaydi. Shuningdek, zavod sinov laboratoriyalari bilan jihozlangan bo‘lib, har bir ishlab chiqarilgan mahsulot test sinovlaridan o‘tkaziladi. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning 40 foizi eksportga 60 foizi ichki bozorlarga mo‘ljallangan.
Loyihaning umumiy qiymati 65 million dollarni tashkil etadi. Korxonaning ishga tushirilishi bilan 210 nafar doimiy va yana shuncha mavsumiy ishchi o‘rinlari yaratildi.
Ushbu zavod 7,4 gektar yerda joylashgan bo‘lib, Turkiya, Germaniya, Xitoydan keltirilgan zamonaviy dastgohlar o‘rnatilgan. Umumiy hisobda bu yerda 18 ta liniya ishlaydi. Mazkur uskunalar 24/7 rejimida mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan xomashyoning 50 foizi Saudiya Arabistoni va Turkiyadan keltirilsa, 50 foizi mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib beriladi.
O‘ZGUR DEVRIM KARA, KORXONANING ISHLAB CHIQARISH BO‘YICHA DIREKTORI /TURKIYA/
– Bizда ishlab chiqarilayotgan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish shlanglari, quvurlar va geomembranalar nafaqat Osiyoda, balki dunyon миқёсида рақобатбардош mahsulot bo‘lishiga harakat qilmoqdamiz. Ишлаб чиқаришда ishlatiladigan xomashyolarni to‘liq mahalliylashtirishga harakat qilyapmiz. Шундай эса-да, ishlab chiqarilayotgan shlang va quvurlarimiz sifatini ta’minlash uchun айрим хомашёларни Yevropa, Turkiya, Саудия Арабистониdan olib kelamiz. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizni sifatini ichki bozorlarda va jahon bozorida ham tanitishni maqsad qilganmiz. Mahsulotlarimizга ichki bozorда бўлган talabni qondirib, tez orada Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Gruziya, Ozabayjon va Afrika mamlakatlariga qadar eksportni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz.
SHAROFIDDIN XOLMURODOV, KORXONA XODIMI
– Bizning zavodimizda 4 ta blok mavjud. Hozirgi ko‘rib turgan blogimizda g‘o‘za ekin maydonlariga mo‘ljallangan tomchilatib sug‘orish shlanglari ishlab chiqariladi. Bu yerda mahsulot ishlab chiqarish hajmi soatiga 90 ming metrdan 100 ming metrgacha shlanglarni tashkil etadi. Mahsulotlarimiz sifatli bo‘lib, o‘zimizning laboratoriyamizda sinov ko‘rigidan o‘tkaziladi va sertifikatlar beriladi. Shlanglarga 3 yildan 10 yilgacha kafolat beriladi.
Zavodda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish uskunalaridan tashqari dala yer maydonlarini lazerli tekislashda qo‘llaniladigan qurilmalar ham ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, dala ekin maydonlaridagi ekinlarning turli xil kasalliklariga qarshi kurashishda ishlatiladigan dori sepish qurilmalari ham tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, bug‘doy urug‘ini ekish uchun mo‘ljallangan seyalkalar ham ushbu zavodda yig‘ib tayyorlanmoqda. Bunda zarur bo‘lgan butlovchi qismlar Turkiyadagi hamkorlar tomonidan korxonaga yetkazib berilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: