Joriy yilning 8-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yilga belgilangan vazifalar bo‘yicha Markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Markaz direktori O.Matyakubov yig‘ilish davomida, 2023-yilda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda 2024 yilga belgilangan ustuvor vazifalarni tahlil qilib, bajarilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda faoliyati davomida o‘ziga belgilab berilgan vazifalarni bajarmagan xodimlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.
Aytish kerak, O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi.
Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: