Joriy yilning 17-yanvar kuni Qishloq xo’jaligi vazirligida Qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish departamenti rahbar xodimlari hamda Qishloq xo’jaligi vaziri maslahatchisi Adrian Nil o’rtasida bir qator masalalar, xususan, Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2024-yilda amalga oshirish bo’yicha chora -tadbirlar dasturi muhokama qilindi.
Unga ko’ra, yig’ilishda 2024-yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, mahsulot tannarxini kamaytirish kabi chora tadbirlar ko’rib chiqildi.
Bundan tashqari, Qishloq xo’jaligini diversifikatsiya qilish, degradatsiyasiga qarshi kurash, tuproq unumdorligini oshirish, ekinlarni joylashtirish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida sifatli o’tkazish, kimyolashtirish va o’simliklarni himoya qilish, ta’lim, fan va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalash, zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha tizimli chora tadbirlar ham kun tartibidan o’rin oldi.
Yig’ilish so’ngida, qishloq xo’jaligiga ilg’or tajriba va fan yutuqlarini zamonaviy resurstejamkor va intensiv texnologiyalarni joriy etish yo’nalishlarida 2024-yilda amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilinib, takliflar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: