Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida “2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
Albatta, yangi yilning bunday deb nomlanishi barcha sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar debochasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Binobarin, qishloq xo‘jaligi sohasining zalvorli yukini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng oliyjanob kasb egalari, qolaversa, butun xalqimizga azm-u shijoat bilan mehnat qilishga undashi muqarrar.
Zero, mehnatlar munosib rag‘batlantirilar, yoshlar hamda biznes soha vakillari qo‘llab-quvvatlanar ekan, mamlakatimiz dunyo sahnida yanada yuksak bo‘y ko‘rsatib boraveradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: