Poytaxtdagi Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan “Hayot fanlari festivali”ning ikkinchi kun tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Festivalda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, xorijlik ekspertlar, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, festival tarzida o‘tayotgan “ochiq eshiklar kuni” hayot haqidagi fanlar – tirik organizmlar va hayot jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan yangicha formatdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, Toshkent xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Tadbirning ikkinchi kuni ham ko‘rgazmali yarmarkalar va taqdimotlarga boy tarzda o‘tdi. Xususan, “Mening eng yaxshi karyeram” mavzusida eng yaxshi talabalar nutqi, “Dunyo bo‘ylab taomlar”, “Oziq-ovqat turizmi”, “Oziq-ovqat ilhomlari” bo‘yicha taqdimotlar, “Oziq-ovqat xavfsizligi muammolari” mavzusida davra suhbatlari, Ta’lim va martaba yarmarkasi o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, “Hayot fanlari” festivalida qamrab olingan ilmiy-amaliy yo‘nalishlar aynan inson va tabiatning barhayotligi va ravnaqini o‘rganadi.
Shu jihatdan, festival yuqoridagi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotli bo‘lishga intilgan bir inson uchun, shuningdek, hayot haqidagi fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar, ilm-fan vakillari, soha mutaxassislari uchun qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Nicky CANNON Buyuk Britaniya qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti prorektori, professor:
Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga 2023-2024 yillar uchun o‘qishga hujjat topshirgan yoshlar orasidan saralab olingan 75 nafar yoshlarga sertifikatlar taqdim etildi. E’tiborlisi, ushbu sertifikatlar bilan talabalikka qabul qilinadigan yoshlar 4 yil davomida universitetda bepul ta’lim olishadi. Saralash mezonlari ularning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishi, o‘z kelajagini ushbu soha bilan bog‘laganligi hamda ingliz tilini bilish darajasi yuqoriligidan iborat bo‘ldi.
Dilnoza Umarxo’jayeva festival ishtirokchisi:
Festival doirasida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti hamkorligida yoshlar uchun “Biznes marofon” ham o‘tkazildi. Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan yoshlarga kelajakda o‘z shaxsiy bizneslarini qurishda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish uchun bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida Singapur, Malayziya, Indoneziya, Hindiston va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan xorijlik mutahassislar o‘z stendlari bilan ko‘rgazma yarmarkasida qatnashdilar. Ishtirokchilar tomonidan uzoq mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlarni tatib ko‘rish imkoniyati bo‘ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu kabi festivallar yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun zamin bo‘ladi.
Qiziqarli tadbirlarga boy bo‘lgan “Hayot fanlari festivali” o‘z ishini yakunladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: