Ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning tumanlardagi agrar soha obyektlari bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik.
Kunning ikkinchi yarmida Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Kasbi tumani “Navro‘z” MFY hududidagi “Indorama” korxonasiga qarashli dala maydonida bo‘ldi. Yoz faslining har bir issiq kunlarini g‘animat bilgan mirishkor dehqonlarning ishi barcha hududlarda bo‘lgani kabi bu yerda ham qizg‘in pallaga kirgan. Bir tomonda mavsumning songgi g‘lla hosili yig‘ishtirib olinayotgan bo‘lsa bir tomonda g‘alladan bo‘shagan yerlar paydarpay takroriy ekinlar ekishga tayyorlanmoqda.
Ishchi guruh dastlab, yerni lazer yordamida tekislash jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. Bu yerda eng so‘nggi texnologiya asosida yerni tekislash ishlari amalga oshirilmoqda. Eʼtiborlisi, lazerli uskuna yordamida yer yuzasi bitta sathda olinadi. Ushbu amaliyot hosildorlikni oshirish, maydondagi suv taqsimotini bir meʼyorda amalga oshirish, ekinlarning vegetatsiya davrini to‘liq nazorat qilish uchun muhim hisoblanadi. Lazerli tekislangan yer sath bilan bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ushbu texnikaning afzalligi shundaki, eng avvalo, konturlar yaxlitlanadi. Kichik hajmli konturlar umumiy bitta yirik konturga aylantiriladi. Bundan tashqari, maydonni sug‘orishda ellik foizgacha suv tejaladi. Yaʼni avvallari bitta maydonga bir nechta katta o‘qariqlar olingan va har biri uchun ko‘p suv sarflangan bo‘lsa endi bunga hojat yo‘q. Shuningdek, maydonni sug‘orishda ko‘p ishchi kuchi talab qilingan. Hozirda esa bu yaxlit konturli maydon bo‘lganligi hisobiga bitta sug‘orishda butun maydonga suvni tarash mumkin. Bu orqali ishchi kuchi va suv sarfi tejaladi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikalarining ish unumdorligi ortadi. Shuni alohida taʼkidlash mumkinki, lazerli tekislash yordamida kuniga 40 gektargacha yerni tekislash amalga oshiriladi.
Qizg‘in ish jarayonlarini kuzatgan Aziz Voitov mazkur yer tekislash texnikalaridan birini amaliy jarayonlarda sinab ko‘rdi va uning ishlash rejimlari bilan tanishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: