Navbatdagi uchrashuv Guandun Okeanologiya universiteti (Guangdong Ocean University) rektori Pan Sinsyan boshchiligidagi ilmiy doira vakillari bilan o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda O‘zbekistonda ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi, aqlli agrotarmoqni barpo etish yo‘lida tashlangan qadamlar, sohani raqamlashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda geoaxborot tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni taqdim etdi.
O‘z navbatida Okeanologiya universiteti rektori o‘zbek olimlari, agrar tarmoq mutaxassislari bilan amaliy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aniq takliflar ham yangradi: o‘zbek-xitoy laboratoriyasini tashkil qilish. U sho‘rlangan va qurg‘oqchilikka uchragan yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Ilm amaliyotga yo‘naltiriladi. Yerning xolati, degradatsiyaga uchrash sabablari, yechim va hosildorlik asoslari ishlab chiqiladi. Asosiy e’tibor aynan laboratoriya tekshirishlari natijasida mamlakatimizda sho‘rlangan yerlarda qaysi mahsulot yetishtirish mumkin, ularni qaysilarini yer imkoniyatlariga moslashtirish mumkin, talab va taklifdan kelib chiqib iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil olish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish masalalariga qaratiladi.
Loyihaning birinchi bosqichida orolbo‘yi hududlarida ilmiy izlanish olib boriladi. Ekin ekish sharoiti mavjud bo‘lmagan yerlarda mahsulot yetishtirish imkoniyat va amaliy asoslari yaratiladi. Buning uchun universitet delegatsiyasi shu yilning iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini izhor qildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi. Mazkur xujjatga muvofiq vazirlik va universitet qo‘shma loyihani amalga oshirish hamda grand mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlarga start beriladi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu universitet tarkibida Janubiy Xitoyning sho‘rlangan hududlarida mahsulot yetishtirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan eng yirik laboratoriyaga mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: