Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori lavozimiga Abdug‘affor Jo‘rayev tayinlandi.
Abdug‘affor Safarovich Jo‘rayev 1968-yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy, Iqtisod fanlari doktori, professor.
Abdug‘affor Jo‘rayev tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida yetakchi va bosh mutaxassis, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘I, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: