Samarqand viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda bu sohada davlat-xususiy sheriklikning istiqbollariga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqaruvga berish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Sohada erishilgan natijalar va ilg‘or tajribalarni targ‘ib etish hamda ulardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Samarqand viloyatida “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.
Seminar o‘tkazilish joyi bejiz tanlamangan. Raqamlarga murojaat qilsak, Samarqand viloyati Narpay tumanida 53 km kanal va 271,9 km kollektor tarmog‘i hamda 8 ta nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 10 yil muddatga “Maroqand Sifat” MChJ boshqaruviga berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 462,8 mlrd so‘m bo‘lib, dastlabki yillarda xususiy sherik tomonidan 31,1 mlrd so‘m investitsiya kiritish belgilangan. Sheriklik o‘z samarasini bermoqda – hozirga qadar yettita nasos stansiyasida jami summasi 795,5 mln so‘mga teng 7 ta nasos agregati ta’mirlandi hamda 4 880 mln so‘mga 2 ta gusenitsali ekskavator, 2 ta avtosamasval sotib olindi. Bugungi kunda 5,7 mlrd so‘mga “Qozoq ariq” kanalining 16 km qismida rekonstruksiya qilish ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, kanalda betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizning barcha viloyatlaridan ko‘rgazmali seminarga tashrif buyurgan hududiy qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda tegishli vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari Samarqand viloyatida suvdan oqilona foydalanishda DXSh joriy etilishining samaradorligiga guvoh bo‘ldilar.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari Narpay tumanidagi “Maroqand Sifat” MChJ da bo‘lib, jamiyatga mansub to‘qimachilik korxonasi, yog‘ zavodi va biolabaratoriya faoliyatini o‘rgandilar. Qolaversa, ishlar qanday yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish uchun davlat xususiy sheriklik shartlarida olingan kollektor tarmoqlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi “Maroqand sifat” MChJda hamda “Narpay” nasos stansiyasida ham bo‘ldilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: