Yurtimizda aholining sabzavot, meva va poliz mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laqonli ta’minlash, yerdan samarali foydalanish orqali ko‘proq mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bugunning eng ustuvor masalalaridan biri etib belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanini iqlim sharoitidan kelib chiqsak, bu yerda dehqonchilik qilish oson kechmaydi. Boshqa hududlarga nisbatan qishning ertaroq, bahorning kech kelishi tufayli tumanning yer maydonlarida har qanday ekinning o‘sib-rivojlanishi uchun ham imkoniyat bo‘lavermaydi.
Shunga qaramasdan, ushbu tumanda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, oila rizqini tomorqasidan undirib kelayotgan tajribali dehqonlar soni ko‘paymoqda. Ular faoliyatini kengaytirib, yerdan yanada ko‘proq daromad olishga intilishmoqda. Misol uchun, tuman markazidan unchalik uzoq bo‘lmagan “Adabiyot” mahallasi aholisi bu borada o‘ziga xos maktab yaratgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ovulda istiqomat qiladigan oilalarning har biri shaxsiy tomorqasidan nafaqat o‘zi, balki aholi uchun ham mahsulot yetishtirib, daromad topishni juda yaxshi biladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: