Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi — AKIS markazlarining AKT va media bo‘limlari uchun markaz veb-sayti bo‘yicha o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi.
Treningda milliy va viloyat AKIS markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining raqamlashtirish va media bo‘limlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligining raqamlashtirish markazi vakillari ishtirok etishdi.
Treningda bir qator masalalar, xususan fermer va agrar tadbirkorlar uchun ishonchli bilim va axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, platformaning ishga tushirilishida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKIS veb-sayti tizimining nazariy hamda texnik jihatlari muhokama qilindi.
Trening jarayonida Irlandiyaning “Teagast” nomli AKIS tizimi haqidagi videolavha namuna sifatida namoyish etildi.
Сегодня в Ташкентском государственном аграрном университете состоялся тренинг по работе с веб-сайтами системы знаний и инноваций в сельском хозяйстве AKIS для отделов ИКТ и медиа-центров.
В тренинге приняли участие представители национальных и региональных центров АКIS, отделов цифровизации и медиа НИИ, а также центра цифровизации Минсельхоза.
На тренинге, в частности, обсуждались вопросы создания доступа к достоверным знаниям и информационным сервисам для фермеров и сельхоз-предпринимателей,
устранения проблем и недочётов, возникающих при запуске платформы, а также теоретические и технические аспекты работы системы веб-сайтов AKIS.
Во время обучения в качестве примера был показан видеоролик о системе AKIS в Ирландии под названием «Teagast».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: