Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 iyunda qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–90-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Vazir Aziz Voitov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik rahbariyati va mas’ul xodimlari, tizim tashkilotlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi, joylardagi boshqarmalar va tashkilotlar vakillari esa videokonferens-aloqa orqali qatnashdi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, farmonda vazirlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, tizimdagi barcha idoralarning tashkiliy tuzilmasi, sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish “Yo‘l xaritasi” va boshqa muhim chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Jumladan, sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish “Yo‘l xaritasi”da 2023-2024 yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 42 ta ustuvor vazifa ko‘zda tutilgani yig‘ilishda ta’kidlab o‘tildi.
Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan 22 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilanganligi qayd etildi.
Farmonda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun, jumladan, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarurligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida farmonda belgilangan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: