Ayni kunlarda yurtimizda paxta yig‘im-terim ishlari boshlangan. Hududarda zaminimizda yetishtirilgan “Oq oltin”ni o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan, qo‘l mehnati va terim mashinalari yordamida terib olish choralari ko‘rilmoqda.
Yurtimizning janubiy mintaqasi bo‘lgan Surxondaryo viloyati tumanlarida ham paxta terish ishlari avjida. Jumladan, Denov tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tumandagi “Baxromov Farxod” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida, ayni paytda, paxta terimchilarning ishi qizg‘in. Misol uchun, tumanda yashovchi Momogul Mamatqulova 60 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, joriy mavsumda kuniga 200 kilogramm paxta termoqda.
Momogul Mamatqulova singari ko‘plab yurtdoshlarimiz bugun paxtani nest-nobud qilmasdan terib olishga hissa qo‘shish bilan birga o‘zlarining moddiy daromadlarini ham oshirmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Denov tumanida 8 788 gektar maydonga paxta ekilgan bolib, paxta hosilini yig‘ishtirib olish uchun 226 ta otryad tashkil etilgan. 180 ta maxsus texnika va 267 ta tirkama jalb qilingan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: