Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasi yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Uch kunlik seminar davomida vazirlik va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Seminarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablaglari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga ilgor texnologiyalarni joriy etish togrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning maqsadi O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan “aqlli” fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish markazini barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: