So‘nggi yillarda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar tufayli mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida rivojlanish, yangi marralar ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, agrar sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy mablag‘lar ajratilayotgani O‘zbekiston mahsulotining nafaqat mahalliy, balki dunyo bozoriga chiqishiga imkoniyat yaratmoqda.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “Dolina Stroy” MCHJga ham 2019-yilda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 600 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Ushbu mablag‘ga esa, 1 gektar yer maydonida gidroponik usulida issiqxona tashkil etilib, Xitoy davlatidan zamonaviy jihozlar keltirildi. Bunday qulaylik esa, hosilni yanada erta va mo‘l yetishtirish imkonini bermoqda.
Issiqxonada hozirda qulupnayning iki xil: “Festival” va “Savrina” navlari yetishtirib kelinmoqda. Bu navlar butun yil davomida issiqxonada yetishtirilib, mahalliy bozorlarga yetkaziladi.
Bu yerda hozirda doimiy 14 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu issiqxonada bir yilda 50 tonnagacha hosil yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: