O‘zbekiston bejiz yoshlar mamlakati deyilmaydi. Davlatimiz aholisining deyarli 60 foizi yoshlardan iborat bo‘lgani bois, bugun jamiyat hayotining barcha sohasida ularning alohida o‘rnini va ular ishtirokidagi jarayonlarni ko‘rish mumkin.
Bilimga chanqoq, intiluvchan yoshlarga imkoniyatlar yaratilmoqda. Ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj yoshlar ham eʼtibordan chetda qolmayapdi. Aynan mana shu jihatni eʼtiborga olib, davlatimiz rahbari tomonidan har bir vazirlik va tashkilotga yoshlar biriktirilib, ular bilan birgalikda ishlash tizimi shakllantirilmoqda. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham bu borada o‘ziga xos yangicha tizimni yaratdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Mahalladan vazirlikkacha” tamoyiliga asoslangan holda, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va vazirlik xodimlari angrenlik yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandilar.
Yoshlarning har birining holatiga alohida, individual yondashilib, muammolarini hal etish va ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha samarali ishlar tashkil qilindi. Vazir o‘rinbosari yoshlarning muammolariga quloq tutibgina qolmasdan, ularning xonadonlariga borib, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuni taʼkidlash joizki, “og‘ir” toifadagi ushbu yoshlarning deyarli barchasi uchrashuvda dastlab alamzada kayfiyatda, kelajakka ishonchsiz ahvolda edilar. Ular bilan yaqindan muloqot qilib, muammolarining tub ildizi o‘rganildi. Har bir muammoga shu joyning o‘zidayoq yechim topishga erishildi. Natijada, yoshlarning dunyoqarashi va kayfiyatida keskin o‘zgarish kuzatildi, ularda kelajakka ishonch ortdi. Chunki vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan yangicha ishlash tizimi tufayli “og‘ir” toifadagi yoshlar ham hukumat vakillari orqali davlatning yoshlarga bo‘lgan yuksak darajadagi eʼtibori va g‘amxo‘rligini his qiladilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: