2022-yil 9-mart kuni Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda agentlik o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda kosmik va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Uchrashuv doirasida shuningdek, yuqori aniqlikda yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, respublikaning ma‘lum bir viloyati yoki tumani sharoitida qishloq xo‘jaligi yerlari va ekin maydonlarida kosmik monitoring tizimini joriy etish masalalari muhokama etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida Kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 31-avgustdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri stratosfera va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, yerni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga turli masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashishdan iborat.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: