O‘zbekistonlik diplomatlar Xalqaro zaytun kengashi (XZK) ijrochi direktori Abdellatif Xedira bilan XZKning Ispaniya poytaxtidagi qarorgohida O‘zbekiston bayrog‘ini tantanali ravishda ko‘tarish marosimini tashkil etish masalasini muhokama qilishdi.
XZK kotibiyati XZK Bosh Assambleyasining 2022-yil 28-31-noyabr kunlari o‘tkaziladigan yig‘ilishini inobatga olgan holda O‘zbekiston bayrog‘ini rasmiy ravishda ko‘tarish tantanali marosimini 2022-yil 1-dekabr kuni tashkillashtirish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning XZKning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilinishi haqida 2022-yilning iyun oyida Iordaniyaning Ummon shahrida o‘tkaziladigan XZKga a’zo mamlakatlar yalpi majlisida rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgust oyida Prezident «Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonunni imzolagan edi.
2021-yil 31-avgustda O‘zbekiston XZKning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Tashkilot 1956-yilgi zaytun moyi bo‘yicha xalqaro bitim negizida 1959-yilda tashkil etilgan. Yevropa va Аfrikaning 11 davlati uning asoschilariga aylanishgan: Belgiya, Fransiya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Isroil, Liviya, Marokash, Tunis.
Bugungi kunda XZK zaytun moyi va zaytun ishlab chiqaruvchilarning 80 foizini va eksport qiluvchilarining 98 foizini birlashtiradi. MOK a’zolari soni 45 ta mamlakatga yetgan.
Xalqaro zaytun moyi kengashiga a’zolik hech qanday yillik moliyaviy xarajatlarni nazarda tutmaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: