Joriy yil 4-fevral kuni O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro tan olingan standartlarni joriy qilish va soha mutaxassislarini tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK hamda “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” DM o‘rtasida Muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizim tashkilotlari o‘rtasida imzolangan Memorandumga ko‘ra, xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida mahsulotlar muvofiqligini baholash, sinov bazasini yaratish va rivojlantirish sohasida to‘plangan tajribalarni o‘zaro almashish, mahsulotlarning muvofiqligini baholash bo‘yicha birgalikda ish olib borish, bu yo‘lda mutaxassislarni birgalikda o‘qitish masalalari nazarda tutilgan.
Bundan tashqari tomonlar shuningdek, muvofiqliqni baholash talablari bo‘yicha axborot almashish va xalqaro tan olingan ORGANIС, GLOBAL G.A.P kabi standartlar bo‘yicha respublikada mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha birgalikda yechim topish masalalarini muhokama etishdi.
Uchrashuv yakunida keyingi o‘zaro bitimlarda yana boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ishlashga kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: