Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida 3 yildan buyon ertapishar, vaqtinchalik plyonka ostida yetishtirishga mos oq bosh karamlarni tanlash va ularni ayrim elementlarini takomillashtirish borasida ilmiy ish olib borilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, birinchi yili kolleksiyada 42 ta nav namunalaridan eng yaxshilari tanlab olingan bo‘lib, bu yil 23 ta istiqbolli nav namunalari kolleksiyada o‘rganilmoqda. Ular orasida Xitoydan, Rossiyadan olib kelingan nav namunalari o‘zining istiqbolli va hosildorligi bilan ajralib turibdi. Ushbu oq bosh karam ko‘chatlari ochiq dalada o‘tgan yil 21-dekabrda issiqxona sharoitida ekilgan bo‘lib, joriy yil 25-fevralda vaqtinchalik plyonka ostida ochiq dalaga o‘tkazildi. Mazkur karam ko‘chatlari dala maydonlariga ekilishidan avval yerga yaxshilab ishlov berilib belgilangan me’yorlarda organik va mineral o‘g‘itlar solingan.
Ta’kidlash joizki, o‘rganilayotgan ilmiy tajribaning asosiy maqsadi ertapishar oq bosh karamni vaqtinchalik plyonka ostiga ekiladigan eng ertangi nav namunalarini tanlash hamda ular uchun ekish sxemasi, o‘g‘itlash me’yorlarini aniqlashdan iborat.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy–tadqiqot instituti tayanch doktaranti Nilufar Ibragimova:
Hozirda ularni o‘g‘itlash me’yorlari va ekish sxemalari bo‘yicha tajribalar olib borilmoqda. Ayni paytda 5 xil o‘g‘itlash me’yorlari va 6 xil ekish sxemalari bo‘yicha tajribalar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, 2 yil mobaynida nazorat variantiga nisbatan yaxshiroq hosildorlik va istiqbollilikni namoyon etgan “Gregoryan F-1”, Xitoyning “Sanon” hamda Rossiyaning “Ranniy Rossiya 40 F-1” navlari bilan tajribalar olib borilmoqda. Hozirda o‘zining afzalliklarini ko‘rsatgan “Ranniy Rossiya 40 F-1” navi to‘liq bosh o‘rashga kirishgan. Ushbu navda “Gregoryan F-1”ga nisbatan ancha ertaroq hosil olishimiz mumkin. Tanlab olingan ushbu nav namunalar kelgusida ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: