Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zdaverloyiha” DILI Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Agrosanoatni raqamlashtirish markazi bilan hamkorlikda Gidrografik obyektlarning raqamli xaritasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan pilot loyiha bilan tanishildi.
“O‘zdaverloyiha” instituti bosh direktori Ruhiddin To‘raev hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Saidagzam Alimov loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.
Taqdimotda keltirilganidek, mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad respublikaning sug‘orish hududlariga suv manbalaridan boshlab yakuniy sug‘orish konturigacha suvni yetkazish marshrutini qamrab olgan barcha infratuzilma va irrigatsiya inshootlaridan iborat sug‘orish tarmog‘ining raqamli modelini yaratishdan iborat.
Loyiha doirasida quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutilgan:
Shuningdek, loyiha sug‘orish konturlarini yer turi kesimida o‘rganish, dala sharoitida mobil ilova yordamida to‘liq xatlovni amalga oshirish imkonini ham beradi.
Bu borada qilingan ishlar sirasida Farg‘ona viloyati irrigatsiya raqamli xaritasi yaratilgani alohida o‘rin egallaydi. Unga ko‘ra, viloyatdagi 24 813 km kanal va ariq; 6 128 km kollektor; 3 269 ta gidropost; 81 667 ta sug‘orish konturi; 303 111 ga sug‘oriladigan yerlar; 651 ta zatvor hamda 185 ta nasos raqamlashtirildi.
Taqdimot so‘ngida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi va kelgusi ish rejalari belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: