Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchi mutasaddilar Qo‘shtepa tumani “Shukur davlat” ko‘p tarmoqli xususiy tijorat fermasida bo‘ldilar va chorvadorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar.
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan “Istiqlol” MFY hududidagi “Shukur davlat” fermer xo‘jaligi asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda fermer xo‘jaligida zamonaviy chorvachilik kompleksi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 1,5 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan ushbu kompleks sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Kompleksda sersut zotli qoramollar zamonaviy chorvachilik texnologiyalariga rioya etgan holda parvarishlanmoqda. Natija ham shunga yarasha – fermer xo‘jaligidagi ish unumdorligi ham, olinayotgan daromad ham quvonarli darajada.
Qishloq xo‘jaligi vaziri chorvachilik kompleksi bilan tanishar ekan, erishilgan yutuqlar qatorida chorvachilik sohasidagi dolzarb masalalar bilan ham tanishdi. Bu borada to‘liq manzarani hosil qilish maqsadida, shu joyning o‘zida vodiy viloyatlaridagi chorvachilik xo‘jaliklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan ushbu muloqotda vazir Aziz Voitov yurtimizda chorvachilik va naslchilikning bugungi ahvoli, sohada to‘planib qolgan muammolarni hal qilish yo‘llari, chorvachilikni rivojlantirish orqali erishiladigan yutuqlar, kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, uchrashuvda chorvadorlar joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va yechimini kutayotgan masalalar bilan ham o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv taklif va mulohazalarga boy bo‘ldi. Tadbir yakunida bildirilgan barcha takliflar inobatga olinib, amaliy tavsiyalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: