Mamlakatimizda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishida ishtirokini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusida yoshlar bilan ishlashda yangicha tizim joriy etilgan bo‘lib, unda barcha vazirlik va tashkilotlar uchun bir qator topshiriq va vazifalar belgilangan. Xususan, Qishloq xo‘jaligi variligida ham yoshlar bilan ishlashning “mahalladan vazirlikkacha” tizimi joriy qilingan. Bunda vazir o‘rinbosarlari, hududiy bo‘linmalar rahbarlariga biriktirilgan yoshlar bilan individual ishlab, ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning muammolarini bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Jumladan, Toshkent viloyati Angren shahrida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Axadbek Xaydarov va Qahramon Yuldashevning yoshlar bilan uchrashuvida Angren shahridagi MFYlar bilan hamkorlikda yoshlar yetakchilari, “qizil” toifaga kiritilgan bir guruh yoshlar qatnashdi. Tadbirda yoshlarning muammolari chuqur tahlil qilinib, ularni ijtimoiy hayotga qaytarish va mavjud muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Ikki kun davom etgan ushbu tadbirda yoshlarga berilayotgan alohida e’tibor va ularga yaratib berilayotgan qator imkoniyatlar haqida so‘zlab berildi. Ishchi guruh tomonidan yoshlarning har bir murojaati ro‘yxatga olinib, ayrim masalalar o‘z joyida hal etildi. Do‘stona va o‘zaro savol-javoblar tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda yoshlarga vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alari ulashishdi.
Uchrashuv doirasida boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan yoshlarni oilaviy sharoitlaridan xabar olish va ularga moddiy ko‘mak berish maqsadida ularning xonadonlariga borildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: