Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘ona vodiysida bo‘lib, bu yerdagi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, shuningdek boshqa soha tashkilot va korxonalari faoliyati bilan bevosita tanishmoqda.
Qo‘qon shahrida Aziz Voitov “Zamin bog‘i”ga tashrif buyurdi. Uchko‘prik tumanidagi sobiq “Yangi dehqon” MMTP hududida tashkil qilingan ushbu bog‘da amalga oshirayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shundan keyin Oltiariq tumaniga yo‘l olgan vazir ushbu tumandagi “Nut fruts” agrologistika markazi faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot yetishtirish barobarida ularning logistikasi, yetishtirilgan mahsulotni mijozlarga o‘z vaqtida, sifatini yo‘qotmagan holida yetkazib berish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur agrologistika markazi vodiy fermer-dehqonlarining uzoqlarini yaqin qilib, ular yetishtirgan meva va sabzavotlarni nafaqat mahalliy, balki xorijiy bozorlarga ham yetkazish yo‘lida xizmat qilmoqda.
Shu joyning o‘zida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi o‘laroq, fermer-dehqonlar oldida xalaro bozorga keng yo‘l ochilayotgani qayd etildi. Bu borada hukumat, jumladan qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan eksportchilarga yaqindan ko‘mak berilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, eksport jarayonida duch kelinayotgan ayrim ju’ziy muammolar ko‘tarildi va ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Farg‘ona viloyat hududiy Agroxizmatlar markazida bo‘ldilar, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijaviyligini o‘rgandilar.
Shuningdek, vazir Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi- AKISning viloyatdagi bo‘limi binolarining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: