Qishloq xo‘jaligi vazirligida Germaniya va shveytsariyalik mutaxassis-ekspertlar ishtirokida O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan organik standartlar asosida mahsulot yetishtirish oldida turgan masalalar yechimlari o‘rganildi.
8-mayda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) xalqaro ekspertlari, shuningdek Shveytsariyaning “Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” (FiBL)ning eksperti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar tomonidan organik standartlar talablari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yuzaga kelayotgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
Jumladan, uchrashuvda organik paxta yetishtirishda almashlab ekishga bo‘lgan talablarning bajarilmasligi; tuproqni sog‘lomlashtirish; AKIS markazi xodimlarining malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va sertifikatlashtirish idoralari ustidan vakolatli davlat organi tomonidan nazorat olib borilishiga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: