Uchrashuvda “Plug and Play” kompaniyasi bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishda innovatsion startap-loyihalaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama etildi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qatnashdi. Vazir O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jadal rivojlanib borayotgani, bunda raqamlashtirish katta o‘rin egallashini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekiston tomoni hamkorlikka ochiq ekanligini bildirdi.
“Plug and Play” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Sasha Karimpur qabul uchun minnatdorlik bildirib, kompaniya dunyoning 40 dan ziyod mamlakatlarida muvafffaqiyatli startap-loyihalarni saralab, yirik korporatsiyalarga taqdim etish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
Xususan, O‘zbekistonda bir necha yildan beri faoliyat yuritishini, kompaniyaning 60 mingdan ziyod startapni birlashtirgan innovatsion platformasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun istiqbolli takliflar bera olishini bildirdi.
Jumladan, uchrashuvda kompaniyaning agrotexnologiyalar hamda oziq-ovqat va ichimlik ishlab chiqarish sohasidagi takliflari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda so‘ngida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qo‘shma guruh tuzishga kelishib olindi.
“Plug and Play” — bu startaplar, korporatsiyalar, venchur kapitali firmalari, universitetlar va davlat muassasalarini birlashtiruvchi yetakchi innovatsion platforma sanaladi. Kompaniya beshta qit’adagi 40 dan ziyod mamlakatda o‘z vakolatxonasiga ega, bosh qarorgohi AQShdagi Silikon vodiysida joylashgan. “Plug and Play” turli tarmoqlarda innovatsiyalarni joriy qilish uchun o‘z venchur fondiga ega bo‘lib, Dropbox, Guardant Health, Honey, PayPal kabi yuzlab muvaffaqiyatli kompaniyalarga investitsiya kiritgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: