Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida integrallashgan tizimni boshqarish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminar davomida xalqaro tan olingan Global G.A.P. standarti va ushbu standart talablaridan kelib chiqib havola etilgan standartlar – Global G.A.P. xavf-xatarlarining ijtimoiy me’yorlarga muvofiq amal qilinishini baholash (GRASP), iste’molchi yorlig‘i (GGN LABEL), ekologik sug‘orish va yer osti suvlaridan foydalanish dasturi (SPRING)dan foydalanishning dolzarb jihatlari muhokama etildi.
Shuningdek, Global G.A.P.ning Yevropa va O‘rta Osiyo mintaqalaridagi texnik menejeri Edite Strazdina va uning jamoasi Global G.A.P. standarti talablarini keng joriy qilish, xalqaro darajadagi ekspert-auditor va trenerlarni tayyorlash bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi.
Seminarda “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK rahbar va xodimlari, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar rahbarlari, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining talabalari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: