Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Xitoy Xalq Respublikasi “Jiangsu Greenscie Chemical” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasida XXR va uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini sifatli yetishtirish maqsadida oʻgʻitlar va pestitsidlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash muhim ahamiyatga egaligini qayd etdilar. Shundan kelib chiqib, oʻgʻitlar va pestitsidlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va ushbu tarmoqqa investitsiyalar jalb qilishga oid chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi iqlim-tuproq sharoitlariga nihoyatda moslashtirilgan oʻgʻitlar va pestitsidlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish; oʻgʻitlar samaradorligini aniqlash uchun koʻrgazma uchastkalarini tashkil qilish; oʻgʻitlar va pestitsidlar bozorini tartibga solishda Xitoy tajribasini oʻrganish; shuningdek Xitoy investitsiyalarini jalb qilgan holda oʻgʻitlar va pestitsidlar ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni oʻrnatish taklifi koʻrib chiqildi.
Tomonlar ushbu sohadagi oʻzaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha birgalikda ishlashga kelishib oldilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: