Yer – xalq hayoti va faoliyatining asosi, jamiyat boyligining manbai, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosidir.
Avval xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2023-yil 3-aprelda 137-son qarori qabul qilingan.
Bunda, qishloq xo‘jaligi maqsadlari, jumladan dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ochiq elektron savdolarni o‘tkazish mezonlari takomillashtirilgan, xususan, yer maydoni joylashgan hududdagi talabgorlarga oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash, tegishli tumandagi aholiga yanada ko‘proq imkoniyat berish, tanlov mezonlari ichida ball to‘plashning mutanosibligini ta’minlash, majburiyatlar bo‘yicha o‘ta yuqori va asoslanmagan takliflarni kiritishga cheklov qo‘yish, natijada talabgorlar o‘rtasida tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha yechimlar joriy etilgan.
2023-yil 17-aprel holatiga Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimida ishlab chiqilgan umumiy maydoni 2 ming gektar bo‘lgan 48,1 mingdan ortiq lotlar bosqichma-bosqich yangi mezonlar asosida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga tanlovlarga chiqarilmoqda:
T/r | Hududlar nomi | Dehqon xo‘jaligi uchun
| |
Lot soni | Maydoni, ga
| ||
1 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 2107 | 2 093.6 |
2 | Andijon viloyati | 3423 | 637.36 |
3 | Buxoro viloyati | 2639 | 880.44 |
4 | Jizzax viloyati | 643 | 493.59 |
5 | Qashqadaryo viloyati | 11022 | 7 225.42 |
6 | Navoiy viloyati | 551 | 345.99 |
7 | Namangan viloyati | 8751 | 2 119.97 |
8 | Samarqand viloyati | 1993 | 903.24 |
9 | Surxandaryo viloyati | 2703 | 1 490.4 |
10 | Sirdaryo viloyati | 3049 | 1 468.69 |
11 | Toshkent viloyati | 4781 | 1 984.58 |
12 | Farg‘ona viloyati | 6408 | 1 866.76 |
13 | Xorazm viloyati | 104 | 50.9 |
Izoh: “E-IJARA” axborot tizimida ishlab chiqilgan lotlar to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlar https://t.me/eijarahisobot kanalida avtomatik tarzda chop etiladi.
Eslatma: tanlovda g‘olib bo‘lganlar ariza berish jarayonida qo‘shimcha to‘lov majburiyatini kiritgan bo‘lsa, shartnomani imzolagunga qadar majburiyatning 5% miqdorida, qolgan mablag‘ni ijara muddatiga teng taqsimlagan holda to‘lovlarni har yili amalga oshirishi talab etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: