O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Boshoqli don ekinlari genetikasi va seleksiyasi” laboratoriyasida turli ekologik-geografik guruhlarga mansub donli ekinlar nav va tizmalarni duragaylash asosida biotik va abiotik omillarga bardoshli, sifati yuqori yangi navlar yaratib kelinmoqda.
Laboratoriyada donli ekinlarning
Laboratoriyada bir qator xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda donli ekinlarning duragaylari, nav va namunalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Har yili хalqaro ilmiy markazlardan 1000 dan ortiq donli ekinlar nav va namunalari keltirilib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Tadqiqotlarda donli ekinlarning sug‘oriladigan maydonlar uchun 6 805 ta, lalmikor maydonlar uchun 1 223 ta duragaylari, namunalari, konstant tizmalari va navlari ekib, o‘rganilmoqda.
Keyingi 5 yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuzgi yumshoq bug‘doyning Yuksalish, Sarbon, Turon, Rohat, Ishonch, Oqsaroy, Dovon, Istiqbol, Ziyokor, Shijoat, Sardor, Yangi hayot navlari, bahorgi yumshoq bug‘doynig Navro‘z, Parvoz navlari, qattiq bug‘doyning Nafis, Musaffo, Hilol navlari, arpaning Sulton, Qamashi, Chimqo‘rg‘on, Osiyo navlari yaratildi.
Laboratoriyada donli ekinlarning 40 ta navi yaratilgan bo‘lib, shundan 12 tasi Davlat reestriga kiritilgan. Istiqbolli navlar qatorida 8 ta navning ekin maydonlari kengaytirilmoqda. G‘ozg‘on, Bunyodkor, Hisorak, Shams, Yaksart, G‘allakor, Mingchinor, Langar navlari respublikamizning 200 ming gektardan ortiq maydonlariga ekib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda 6 ta yangi navga Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlar olingan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: