O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Umid Mamadaminov Koreyaning “POSCO International” korporatsiyasi sarmoyasi asosida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda korxona vakillari keyingi 3 yillikda faoliyatni kengaytirish va umumiy qiymati 196 mln. dollar bo‘lgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha rejalarini taqdim qildi. Ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra mazkur loyihalar Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida yangi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlarda paxta yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda lalmi yerlardan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga tomonlar Qashqadaryoning Koson tumanida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan yer maydonlarini qayta o‘zlashtirish, ulardan samarali foydalanishning yo‘llari haqida ham o‘zaro fikr almashishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: