“O‘zgidromet” agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 15-17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
Bunda, respublika hududlarida kuchli yog‘ingarchiliklar baʼzi joylarda bu jala va do‘l ko‘rinishida bo‘lib o‘tishi va havo harorati –1…–3 darajagacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
Bahor faslining bunday o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va unib chiqishining kechikishi, natijada nihollar siyrak va nimjon bo‘lishi, rivojdan orqada qolishi va sovuq taʼsirida nobud bo‘lishi holatlari ro‘y berishi mumkin.
Bunday sharoitlarda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan dehqon
va fermerlar, olim va mutaxassislar tavsiyalariga tayangan holda o‘ta maʼsuliyat va omilkorlik bilan ishlarni tashkil qilish taqozo etiladi.
Paxtachilikda: chigit ekilgan maydonlarda tuproqda ortiqcha namlik ko‘payadi, tuproq yuzasida qatqaloq hosil bo‘ladi va nihollarning unib chiqishi qiyinlashadi. Chigit unib chiqqan maydonlarda g‘o‘za nihollarining rivoji sekinlashib, hatto sovuq taʼsirida nobud bo‘lishiga olib keladi.
Maʼlumot uchun: g‘o‘za issiqsevar o‘simlik bo‘lib, havo harorati –1…..–2 darajaga pasayganda nihollarni sovuq urishi holati kuzatiladi.
Chigit ekilgan maydonlarda noqulay ob-havoning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida quyidagi kompleks agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:
G‘allachilikda: kuzgi bug‘doyning o‘suv davrida kuzatiladigan sovuq haroratning taʼsiri, ko‘proq uning sovuqqa chiniqishiga bog‘liq bo‘ladi. Maʼlumki, respublika hududlarida ekilgan bug‘doyning asosiy qismi kuzgi bug‘doy navlari hisoblanib, joriy yil qish oylarida bo‘lib o‘tgan anomal sovuq haroratidan chiniqib chiqqan.
O‘suv davrida kuzatiladigan sovuq haroratning bug‘doyga taʼsiri birinchi navbatda sovuqning yuqoriligi va davomiyligiga bog‘liq.
Bunda, ko‘p yillik ilmiy va ishlab chiqarish kuzatuvlariga ko‘ra quyidagilar aniqlangan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 15-17-aprel kunlari –3 darajagacha sovuq harorat bo‘lishi kutilmoqda.
Bunday sharoitda ayniqsa erta ekilgan ertapishar navlar bugungi kunda naychalash fazasiga o‘tgan bo‘lib, bu davrda haroratning keskin sovub ketishi hosil elementi bo‘lgan bir qator naycha ichida boshoq shakllanishiga salbiy tasirini ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘simlikka sovuq haroratning taʼsiri, ko‘proq mineral va organik o‘g‘itlar bilan yetarlicha taʼminlanganligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Joriy yil respublika hududlarida yetishtirilayotgan boshoqli don ekinlariga bugungi kunga qadar gektariga o‘rtacha 550-650 kg.dan azotli mineral o‘g‘itlar yetkazib berilgan. Bundan tashqari 2 marta to‘liq bargidan qo‘shimcha oziqlantirish ishlari amalga oshirilgan.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 15 foiz g‘alla maydonlari boshoqlash, 83 foizi naychalash va 2 foiz bug‘doy tuplash fazasida rivojlanmoqda.
Respublika hududlarida sovuq harorat kuzatilib, shamol tezligi
7-12 m/s bo‘lgan davrda g‘alla yotib qolishining oldini olish uchun sug‘orish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatib turish tavsiya etiladi.
Bog‘dorchilik va uzumchilikda: Ob-havodagi ushbu o‘zgarishlarning mevali bog‘ va uzumzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy taʼsirining oldini olish maqsadida quyidagi tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirish lozim:
Sabzavotchilikda: sabzavot ekinlari va ertagi muddatlarda ekilgan kartoshka nihollarini qisqa muddatli sovuqdan himoya qilishning eng yaxshi usuli bu egat ustiga yarim oy shaklida simbag‘az qadab, shaffof plyonka yopish hisoblanadi.
Bunda,
Sovuq tushishining eng kritik muddati bu tonggi soat 3-5 oralig‘ida bo‘lib, aynan shu vaqtda o‘simlik sovuqdan zararlanadi va yuqoridagi tadbirlarni shunga mos holda amalga oshirish yaxshi samara beradi.
Pomidor, qalampir, baqlajon, bodring kabi ekinlar issiqsevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Ularning o‘sishi uchun 20-30 daraja harorat qulay hisoblanadi.
Lekin o‘ta issiqqa chidamli emas, harorat 10 darajadan pasayishi bilan ular issiqlik yetishmasligidan qiynala boshlaydi, 3-5 daraja haroratda esa asta-sekin nobud bo‘ladi. Sovuq -0,5-1 daraja bo‘lganda butunlay nobud bo‘ladi.
Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoq, osh lavlagi, karam, ko‘kat kabi sabzavot ekinlariga -2-3 daraja sovuq sezilarli taʼsir etmaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: