Bugun 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), “Yoshlar — kelajagimiz” Jamg‘armasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida uch tononlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga asosan, yosh tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish va qishloq xo’jaligi sohasidagi loyihalari uchun Xalqaro moliya institutlari mablag’lari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha tizimli ishlarni yo’lga qo’yish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, ushbu hamkorlik yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishga va Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarda yoshlar ishtirokini ta’minlashga keng zamin yaratadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: