2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutda 3 nafar professor, 3 nafar fan doktori hamda 16 nafar falsafa fanlari doktori faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur muassasada uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida bug‘doyning 33 ta, arpaning 4 ta, no‘xatning 2 ta yangi navlari yaratilgan.
Institutda fitotron, genom texnologiyalari va dala tajribalari asosida boshoqli va dukkakli don, yem-xashak va ozuqa, moyli va noanʼanaviy ekinlarning kasallik va zararkundalarga chidamli, hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tezpishar, hosil sifati yuqori, raqobatbardosh yangi navlar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mintaqalarning tabiiy-iqlim sharoitlariga javob beradigan xorijiy va mahalliy boshoqli va dukkakli don, yem-xashak va ozuqa, moyli va noanʼanaviy ekinlar navlarini tanlab olish va joylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda. Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan mazkur muassasada 12 ta laboratoriya mavjud.
Laboratoriyalarda:
Institutning Kasbi, Qarshi, G‘uzor va Qamashi tajriba uchastkalari bor.
Xalqaro IKARDA, SIMMIT ilmiy markazlari bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, institutning 15 nafardan ortiq yosh tadqiqotchilari Turkiya, AQSH, Meksika, Marokash, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Avstraliya kabi davlatlarda zamonaviy g‘alla seleksiyasi, urug‘chilik va urug‘shunoslik, o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishlarida tajriba almashib, malaka oshirishgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: