O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘simliklarning yangi navlarini yaratishda issiqlik, qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamlilik darajasi o‘rganilib, zarur xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Institutning “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasida quyidagi tahlillar amalga oshiriladi:
Laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatdiki, kuzgi bug‘doy yetishtirishda mineral o‘g‘it qo‘llashni qisqartirib, uning o‘rniga To‘platuvchi hamda boshoq chiqarish davrida Boshoqlatuvchi shuningdek, Fitobiosol stimulyatorlari bilan bargdan oziqlantirish, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilash, fotosintez jarayonini faollashtirish orqali 42,6-46,9 sentnergacha hosil olish imkonini yaratdi.
IFO COMBi Fe stimulyatorlari bilan har gektariga 1,0 litr miqdorida bargdan oziqlantirish don sifat ko‘rsatkichining yaxshilanishini taʼminladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: