Bugun respublikamizda ekilayotgan poliz ekinlari va meva-sabzavotlarning yangi navlarini yaratilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning tajriba stansiyalarining o‘rni beqiyos. Jumladan, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari bo‘lmish tajriba stansiyalarida mahalliy va xorijiy navlarning urug‘lari yetishtirilmoqda va fermer xo‘jaliklariga yetkazilmoqda. Bugun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi va unda amalga oshirilayotgan ishlar, issiqxonasida yetishtirilayotgan oqbosh karami haqida hikoya qilamiz.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi 1967-yilda tashkil etilgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda mahalliy sabzavot va poliz ekinlarining 30 dan ortiq yangi navlari yaratildi. Qovun, shirin qalampir, pomidor, kartoshka, shirin makkajo‘xori va lavlagining yangi navlarining yaratilishi olimlarning mehnatlari natijasidir. Yangi navlar xorijning ushbu turdagi mahsulotlari bilan raqobatbardosh bo‘ladigan, sifatli va chidamli ekani bilan ham afzallikka ega.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasiga Jahon Banki tomonidan ko‘mak taqdim etildi. Ko‘mak sifatida mablag‘ ajratilib, issiqxona, muzlarkichli xolodilnik qurib bitkazildi. Shuningdek, 2 ta laboratoriya to‘liq qaytadan rekonstruksiya qilinib, yangi jihozlar bilan taʼminlandi.
Ushbu ilmiy tajriba stansiyasining olim va mutaxassislari tomonidan viloyatning o‘zi va qo‘shni hududlardagi fermer xo‘jaliklariga tuproq iqlim sharoitiga mos navlarning urug‘larini yetishtirib, yetkazib berilmoqda. Ushbu ilmiy tajriba stansiyasi nafaqat nav urug‘larini yetkazish bilangina kifoyalanmasdan, fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun seminar va treninglar tashkil etishmoqda. Bundan tashqari yerni tayyorlash, o‘g‘itlash bo‘yicha bir qancha tavsiyalar taqdim etishdi.
Ilmiy tajriba stansiyada 21 turdagi mahalliy nav yuqori avlodli urug‘lari yetishtiriladi va ular ushbu stansiyaning omborxonalarida saqlanadi. So‘ngra urug‘lar saralanadi va ularni zararli kasalliklar va hasharotlarga qarshi dorilanadi, qadoqlangan ko‘rinishda fermer xo‘jaliklariga yetkaziladi.
Ma’lumki, respublikamizda gulkaram, oqbosh karam, gulkaram kabilar ekiladi. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasining issiqxonasida oqbosh karamning «Toshkent 10» navini ko‘chatlari tayyorlanmoqda. Ushbu ko‘chatlar 5-10 kunda unib chiqadi. Eʼtiborlisi, ushbu ko‘chatlar mart oyining dastlabki o‘n kunligida dala maydonlariga ekish uchun tayyor bo‘ldi. Dala maydonlariga ekilgan karamning ko‘chatlari 60-70 kunda pishib yetiladi.
Tajriba stansiyasi tarkibida sig‘imi 200 tonnagacha bo‘lgan mahsulotlarga mo‘ljallangan omborxona mavjud. Bu yerda yanada sig‘imi kattaroq omborxona qurish rejalashtirgan.
Tajriba stansiyasi faoliyati haqida videolavhamizda tanishing.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: