Mevaning yangi turlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, iste’molchilarning meva sifatiga bo‘lgan talabi va iste’mol hajmining o‘sishi ishlab chiqaruvchilarga yangi, samaraliroq usul va texnologiyalarni izlash uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Joriy yilning fevral oyida “Olma daraxtlari hosildorligini oshirish va meva sifatini yaxshilash” mavzusida o‘quv-seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda bildirilgan qator takliflar inobatga olinib Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan navbatdagi ilmiy-amaliy seminarni tashkil etishga qaror qilindi.
Shuningdek, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti Malaka oshirish markazi bilan birgalikda Zamonaviy meva yetishtirish akademiyasini tashkil etish «Capacity Building Center» loyihasini amalga oshirdi.
Joriy yilning 15-mart kuni “O‘zbekistonda golubika yetishtirish – imkoniyatlar va cheklovlar” mavzusida qator seminar va mahorat darslari o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar bog‘dorchilikda qo‘llanilayotgan eng yangi texnologik yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Polsha golubika yetishtirish hajmi boʻyicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Seminarda polshalik mutaxassislar golubika yetishtirish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Dastur davomida ishtirokchilar rezavor mevalarni to‘g‘ri yetishtirish uchun zarur bo‘lgan barcha tavsiyalar bilan tanishdilar.
Mutaxassislar quyidagi mavzularni ko‘tardilar: golubika butalarining o‘sishini yaxshilash uchun innovatsion usullar, meva berish va stressga chidamliligini oshirish, golubika butalarni “in vitro” usuli va mikropayvandlar yordamida ko‘paytirish, zamonaviy usulda rezavor meva yetishtirish va bog‘dorchilikda modernizatsiya qilingan avtomatlashtirilgan sug‘orish va urug‘-lantirish tizimlaridan foydalanish samaradorligi.
Butaning hosildorligi va meva hajmini belgilovchi vegetatsiya davri, gullashdan oldin va gullash davrida qayta ishlash masalalari fermerlarda ham qiziqish uyg‘otdi. Seminar yakunida tinglovchilarga amaliy maslahatlar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: