Navro‘z umumxalq bayrami arafasida ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli to‘ldirish va narx-navolar barqarorligini ta’minlash maqsadida shaharlar va tumanlardagi dehqon bozorlari, yirik savdo majmualari hamda mahalla guzarlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarining o‘tkazilishi xayrli an’anaga aylanib ulgurdi. Ochig‘i, Respublika aholisi bu kabi tadbirlarni yuqori kayfiyat bilan kutib olayotgani bor gap. Yaxshi an’ana bu yil ham davom ettirildi. Joriy yilning 5-martidan – 25-martiga qadar barcha shahar va tumanlardagi dehqon bozorlari, yirik savdo majmualari va mahalla guzarlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilayapti. Ushbu
yarmarkalarda jami 32 turdagi mahsulotlar xaridorlar uchun savdoga chiqariladi. Bu yerda bu raqam faqat mahsulot turini anglatadi. Demak, yarmarkalarda taklif bisyor bo‘lishi tabiiy.
Bugun savdo yarmakalarini o‘tkazishga mas’ullardan biri bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri poytaxtning qator dehqon bozorlarida bo‘ldi. Savdo yarmarkalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi rahbari Aziz Voitov savdo yarmarkalari o‘tkaziladigan joylarda maxsus rastalar tashkil etilganligi, sotuvchi va xaridorlar uchun sharoitlar yaratilganligi, yarmarka savdolariga hududlarning va hududlardan mas’ul vakillarning biriktirilganligi, vakillar tomonidan ishlarning tashkil etilishini, yarmarka rastalariga mahsulotlarni kunlik keltirilayotganligi va mahsulotlar narxlarining shakllanishini hamda aholiga maqbul narxlarda sotilayotganligi masalalarini o‘rgandi.
O‘z navbatida aholi kayfiyatini ko‘tarish, chinakamiga bayramona shukuh kasb etilishi uchun zarur bo‘ladigan barcha ishlar bajarilishi lozimligi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad bitta – xalq roziligini topish. Shunday ekan, ezgu maqsad yo‘lida barcha birdek xayrixoh bo‘lishi, yaqinlashib kelayotgan Navro‘zi olamni munosib kutib olishda barcha imkoniyatlar ishga solinishi qayd etildi.
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. Bu kabi tadbirlar esa, shubhasiz hamyurtlarimiz uchun bayramona kayfiyat kasb etishida alohida ahamiyatga ega.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: