Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da ish boshlagan “AGROWOLRD UZBEKISTAN – 2023” 18-xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov, Niderlandiya Qirolligining Markaziy Osiyodagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Andre Karstens, Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi bosh direktori Nigora Xasanova va yurtimizdagi xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada 20 ta davlatdan 160 dan ortiq xalqaro korxonalar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Parrandasanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda “Iteca Exhibitions” va “ICA Eurasia Group” kompaniyalari hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada don va dukkakli ekinlarni saqlash va qayta ishlash, un, makaron va omuxta yem ishlab chiqarish uskunalari, meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalari, issiqxonalar uchun texnikalarni ko‘rish mumkin.
Shuningdek, chorva va parranda so‘yish va go‘sht xomashyosini birlamchi qayta ishlash uskunalari va baliqchilik xo‘jaliklari uchun texnologiyalar bilan tanishish mumkin.
Ko‘rgazmani O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov kirish so‘zi bilan ochib berdi:
–Ushbu ko‘rgazma ishtirokchilarning yangiliklarga ega bo‘lishi, o‘zaro tajriba almashinishida platforma vazifasini o‘taydi. Bu nafaqat ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, maxsus texnika va innovatsiyalar namoyishini o‘z ichiga olgan, balki manfaatdor tomonlar shartnoma va bitimlar tuzishi mumkin bo‘lgan imkoniyat maydonidir, – dedi u o‘z so‘zida.
Maʼlumot uchun: Xalqaro ko‘rgazmada Avstriya, Belarussiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Iordaniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Kazaxstan, Xitoy, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Turkiya davlatlari qatnashmoqda.
3 kun davom etadigan ko‘rgazma doirasida
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: