Joriy yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir maslahatchisi Alisher Shukurov hamda vazirlik vakillarining Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) iqlim strategiyasini ishlab chiqarish va amalga oshirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sung Kyun xonim boshchiligidagi rasmiy delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — YETTB hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va Qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamkorligidagi mazkur qo‘shma missiya davomida oziq-ovqat tizimi uchun Yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirishdan iborat bo‘ldi.
Hozirda butun dunyoda yuz berayotgan global iqlim o‘zgarishlari muammolari qishloq xo‘jaligi sohasini ham chetlab o‘tmayapti. Ushbu muammolarning oldini olish va bartaraf etish borasida hamkorlikda bir nechta loyihalar yo‘lga qo‘yilgan. Mehmonlar aynan dekarbonizatsiya (uglerod chiqindilarini kamaytirish) masalalariga eʼtibor qaratib, davlat tashkilotlarida zararli chiqindilarni kamaytirish muhimligini va bu borada amalga oshiriladigan ishlar ko‘pligini taʼkidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, javoblar olishdi. Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: