O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)da Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Pegas-Agro” MCHJ (Rossiya) hamkorligida ko‘rgazmali seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-trening O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari va vositalari bilan tanishtirish hamda ularning agrar sohadagi samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Seminar ishtirokchilari — mahalliy fermerlar, lizing kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida “Тuman” o‘ziyurar transport vositalarining namunalari bilan tanishishtirildi. Ushbu texnikalarning qatorida turli purkagichlar, mineral o‘g‘itlar sepkichlar, multiinjektorlar va ekish modullari ham mavjud.
— Bu yerda innovatsion texnikalarning o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha imkoniyatlari namoyish etildi. Ushbu texnika rus aviatsiya muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ya‘ni, mashinaning o‘zi aviatsiya sohasida qo‘llaniladigan innovatsion ishlanmalardan foydalanadi. Ushbu texnika juda yengil va o‘simlikni bosmasligi bilan ahamiyatlidir. Mashina g‘ildiragining tuproqqa bosimi inson oyog‘ining bosimidan kamroq. U ko‘p qirrali va ko‘plab qo‘shimcha vazifalarga ega. Aslida, bunday mashinalardan biri bugungi kunda mavjud bo‘lgan 5 taga yaqin individual mexanizmlarni almashtiradi — dedi biznes diplomatiyasi Jamg‘armasi rahbari Mixail Panchenkov (Rossiya).
Seminar nazariy va amaliy tarzda o‘tkazilgani bois bu yerda texnikani o‘zingiz boshqarib, sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun u Rossiyadan maxsus olib kelindi. E‘tibor bering, 2013-yildan beri ilk bor 4 dona ishlab chiqarilgan bunday mashinalar mamlakatimizda allaqachon amaliyotga joriy etilgan. Bu safar ular eng so‘nggi, eng innovatsion rusumlarni, shu jumladan, uchuvchisiz texnologiyalarni ham olib kelishdi.
— Ishonchim komilki, ushbu texnika O‘zbekiston fermerlari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari tomonidan talabgor bo‘ladi va sohada iqtisodiy samaraga erishishga yordam beradi. Axir, birinchi navbatda, u hosildorlikni oshirishga qaratilgan. Shuni ta‘kidlaymanki, mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud bo‘lgan sheriklik ushbu asosiy masalalarni hal qilishga qaratilgan. Bu yerda dilerlik markazini tashkil qilish rejada bor va bu ehtimol yagona bo‘lmaydi, – dedi Mixail Panchenkov.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-2-dekabr kunlari Samara viloyatining (Rossiya) bir qator korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan tashrif buyurgandi. «Pegas-Agro» MCHJ Rossiya biznes-diplomatiya jamg‘armasi ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zagrolizing» AJ, O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Assotsiatsiyasi bilan muzokaralar olib brogan edi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, “Pegas-Agro” MCHJ va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolandi. Ushbu seminar-trening imzolangan hujjatni amalga oshirish doirasida tashkil etilgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: