Pekan – yong‘oqdoshlar oilasiga mansub daraxt.
Yurtimizda birinchi marta 1926-yildan ekila boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida pekan yong‘og‘ining “Gigant”, “Kapalak”, “Faxr”, “Hosildor”, “Xolis”, “Denov”, “Kichik mevali”, “Bo‘ydor”, “O‘zbekiston”, “Ahil” navlari hamda Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasida “Busseron” va “Selnsi razni” navlari yetishtiriladi. Daraxti sovuqqa chidamli bo‘lib, may-iyun oylarida gullaydi.
Pekanning vatani – Shimoliy Amerika. Meksika bu yong‘oq eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turibdi. Hozirda mahsulotning asosiy importyori Xitoy davlati.
Jahonda pekan yetishtirish boshqa yong‘oq turlariga nisbatan tez o‘sib bormoqda.
Pekan grek yong‘og‘idan yog‘liroq va po‘stlog‘i qattiqroq. Tarikibida ko‘p miqdordagi monoto‘yinmagan yog‘lar (Omega-9) va olein kislotasi mavjud bo‘lib, u qondagi zararli xolesterin miqdorini kamaytirish va foydalisini ko‘paytirishga yordam beradi. Yong‘oq pazandalikda keng qo‘llaniladi, qovurilgan yoki xom holatida quruq mevalar bilan isteʼmol qilish mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: